35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 24-iyuldagi navbatdagi sessiyasida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti eshitildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama qilinib, mas'ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Muhokamalar yakunida “Termiz tumanida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori bo‘yicha tuman prokurorining axboroti to‘g‘risida”gi VII-21-102-8-117-K/26-sonli qaror qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda qonunchilik ijrosini ta'minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 6