Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva o‘zi saylangan 3-Nurafshon saylov okrugi hududida amalga oshirilgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan joyiga chiqib tanishdi.
O‘rganish davomida yotqizilgan asfalt qoplamasining sifati, bajarilgan ishlar holati va yo‘llarning foydalanishga tayyorligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hudud aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning mavjud muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ijobiy baholanib, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan o‘z fikr va takliflari bildirildi.
Bildirilgan murojaatlar va takliflar yuzasidan tegishli mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi. Hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.