Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J. Taxchiyeva fuqarolar murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J. Taxchiyeva tomonidan fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.
Deputat tomonidan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, aholini qiynab kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda xalq bilan ochiq va samimiy muloqotni davom ettirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.
Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga yechim topish va hududlarni yanada obod qilish yo‘lidagi bunday amaliy ishlar davom ettirilmoqda.