Murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlardan kelib tushayotgan fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinmoqda. Shuningdek, murojaatchilarga amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirishlar berilmoqda.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida masalalar tegishli tashkilot va soha mutaxassislariga yetkazilib, ularning ijrosi nazoratga olinmoqda. Hozirda murojaatlar yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.