Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik – oila farovonligi va iqtisodiy barqarorlik omili
янв.21
Sabzipoya MFY hududida ichki kanallar va aholini suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ekspert guruhi – mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J. Taxchiyeva fuqarolar murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 15–20-iyun kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Qosimjon Qayumov Andijon shahridagi “Ozodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida fuqarolarning uy-joylariga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida amaliy yordam zarurligi aniqlanib, ushbu muammoni hal etish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filialiga deputat so‘rovi yuborildi.

Fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yo‘lidagi ishlar davom etadi.

Slide 1 of 2