Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik – oila farovonligi va iqtisodiy barqarorlik omili
янв.21
Sabzipoya MFY hududida ichki kanallar va aholini suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ekspert guruhi – mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J. Taxchiyeva fuqarolar murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Mazkur so‘rov “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘ini, Sadoqat ko‘chasi 15-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Sattorovning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq murojaati asosida yuborilgan edi.

Taqdim etilgan javobga ko‘ra, fuqaroning murojaati yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilgan. Natijada mazkur xonadon bo‘yicha kadastr hujjatlari tayyorlanib, ko‘chmas mulk obyektiga tegishli ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, uy-joy va unga tegishli inshootlar bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilgani hamda mulk huquqini rasmiylashtirish jarayonlari yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tushuntirishlar berildi.

Rasmiy javobda qayd etilishicha, mulkdorlar vafot etganligi sababli mazkur ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan meros huquqini rasmiylashtirish ishlari notarial tartibda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun merosxo‘rlar tomonidan notarial idora orqali meros huquqiga oid guvohnoma rasmiylashtirilishi zarurligi bildirilgan.

Fuqaro murojaati yuzasidan olib borilgan ishlar va berilgan rasmiy javob deputat tomonidan nazoratga olinib, masalaning qonuniy yechimi ta’minlanishi yuzasidan monitoring davom ettiriladi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi