Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik – oila farovonligi va iqtisodiy barqarorlik omili
янв.21
Sabzipoya MFY hududida ichki kanallar va aholini suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ekspert guruhi – mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J. Taxchiyeva fuqarolar murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputat xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat K. Xashimova tomonidan “Qarabog‘” mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

👩‍👩‍👧 Uchrashuv davomida deputat xotin-qizlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borib, jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratdi.

🩺 Xususan, “Erta turmush — erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari”, “Reproduktiv salomatlikni asrash”, “Qaynona va kelin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va totuvlik” kabi mavzularda batafsil tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

💬 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisona va batafsil javoblar oldilar.

📈 Mazkur uchrashuv xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oilaviy muhitni mustahkamlash hamda ijtimoiy muammolarni oldini olishga xizmat qiladi.

🤝 Bu kabi uchrashuvlar aholining huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5