Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining huquq va vakolatlari
янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Guliston” mahallasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Guliston” mahallasida kengash qarori ijrosi: Fuqaro Z.Abdusalomova xonadonidagi ta’mirlash ishlari sifati nazorat qilindi
янв.21
“Guliston” mahallasida ta’mirlangan xonadon nazoratda: Deputatlar fuqaro R.Panjiyevning uyidagi qurilish ishlari sifatini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Guliston” mahallasida "yettilik" tizimi nazoratda: PF-209-sonli farmon va deputatlarning “24 ta eng muhim yo‘nalish”i ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Temir yo‘l yoqasidagi mahallalarda obodonlashtirish ishlari nazoratda: Deputatlar joylarda tahlil olib borishdi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar infratuzilmasi: deputatlar nazorati davom etmoqda
янв.21
Jarqo'rg'on tumanida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda tuman, shahar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MUHIM HUQUQIY ASOS
янв.21
“Farhod” mahallasida kengash qarori asosida xonadonlar ta’mirlanadi
"Nurli Diyor" mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

"Nurli Diyor" mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Termiz tumani "Nurli Diyor" mahallasida fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Uchrashunda 7-Qahramon saylov okrugi deputati Xakimov Sirojiddin va tuman tashkilot rahbar ishtirok etishdi.

Murojaatlar asosan ijtimoiy, infratuzilma, bandlik, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalarni qamrab oldi. Qabul davomida ko‘tarilgan muammolarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirish va amaliy yechim berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar hamda fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzib olinib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 7