Ular quyidagi huquqlarga ega:
🟢mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalaridan zarur axborotlarni so‘rash va olish;
🟢Kengash hamda doimiy komissiyalar tomonidan tashkil etiladigan majlis va tadbirlarda ishtirok etish;
🟢 ishchi guruhlar tarkibida davlat organlari va boshqa tashkilotlarga borish;
🟢 yoshlar masalalariga oid takliflarni mahalliy Kengash doimiy komissiyalariga kiritish.
💬 Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari:
🟢 yoshlar masalalariga oid majlislarda o‘z fikr-mulohazalarini bildirish;
🟢hududdagi yoshlar muammolarini o‘rganish va aniqlash;
🟢mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.
📖 Ushbu huquq va vakolatlar yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.