Ushbu o‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-sonli qarorining ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.
💬 Tashrif davomida deputatlar xonadonda quruvchilar tomonidan bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini birma-bir ko‘zdan kechirdilar.
💬 Xususan:
🟢Uyning devor qismlarining ta’mirlanish sifati, eshik va romlarning o‘rnatilishi hamda xonadonda yashash uchun yaratilgan qulayliklar darajasi;
🟢Pudratchi tashkilot tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan loyiha va me’yorlarga mos ravishda bajarilganligi tahlil qilindi.
💬 Kengash qarorlari bilan ajratilgan mablag‘lar va amalga oshirilgan ishlar har bir oilaning turmush sharoitini haqiqatda yaxshilashi shart. Deputatlar mazkur masala to‘liq hal etilguniga qadar nazoratni davom ettiradilar.
🫥 Maqsadimiz — har bir fuqaroning turmush sharoitini yaxshilash, uy-joy loyihalarining sifati va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash orqali xalq roziligiga erishishdir!