Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash deputatlari I.Shatova va X.Fayzullayevlar temir yo‘l yoqasida joylashgan “Yulduz”, “Chegara” hamda “Kokildorota” mahallalari hududlarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bo‘yicha navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.
💬 Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, hududlarning ekologik va sanitariya holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
💬 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🟢Temir yo‘l muhofaza zonalarini maishiy va qurilish chiqindilaridan tozalash, noqonuniy chiqindi tashlash joylarining hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari;
🟢Hududdagi yovvoyi o‘tlarni o‘rish va daraxtlarni butash ishlarining qay darajada tashkil etilganligi.
💬 Deputatlar o‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, hudud tozaligini muntazam saqlab turish maqsadida mutasaddilarga tavsiyalar berildi.
🫥Maqsadimiz — shahar ko‘chalari va mahallalarining har bir qarich yerini toza, obod va yashillikka burkangan go‘shaga aylantirishdir!