Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Termizda maktabgacha ta’lim sharoitlari yaxshilanishini o‘rgandi
янв.21
Deputat “Impuls” klinikasida: tibbiyotda yangi bosqich sari
янв.21
Deputat va ustozlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Joriy yilning 4 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashning sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Huquqiy tartibotni ta’minlash yo‘lida muvofiqlashtirilgan hamkorlik
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Darvoqe, shu kecha-kunduzda odamlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lmasdan, ular ichiga kirmasdan turib, hududlarda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga, mavjud kamchilik hamda muammolarga keng jamoatchilik o‘y-fikrlariga baho berib bo‘lmaydi.

Shu munosabat bilan bugun 10-dekabr kuni Termiz shahar “Do‘stlik” mahallasida viloyat Kengashi deputati X.Allamurodov va xalq deputatlari shahar Kengashi deputati S.Xodjayeva ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida aholining muammo va takliflari o‘rganildi. Aholi tomonidan murojaatlar og‘zaki va yozma ravishda olinib, yozma murojaatlar deputatlik so‘rovlari orqali tegishli tashkilotlarga yuborilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 7