Muloqot davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” borasida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati, maishiy korrupsiyani oldini olish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Deputat ustozlarning fikr va takliflarini tinglab, ta’lim sohasida halollik va mas’uliyat muhitini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, maktab-internatdagi barcha ustozlar xalqaro va milliy sertifikatlarga ega ekani qayd etildi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, o‘zaro fikr almashuv va hamkorlik muhitida ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.