Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish, ya’ni “Ochiq budjet” jarayonlarida g‘olib deb topilgan loyihalarga mablag‘ yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
💬Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5072-sonli hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-666-IV-sonli qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
💬Yig‘ilishda quyidagilar ko‘rib chiqildi:
🔅Ovoz berish yakunlariga ko‘ra “g‘olib” deb topilgan loyihalarning ro‘yxati;
🔅Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy budjetning “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori;
🔅Loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan deputatlik nazoratini o‘rnatish.
🫥Komissiya xulosasiga ko‘ra, g‘olib loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qaror loyihasi tasdiqlash uchun shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.