Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi: Kadastr tizimida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi
янв.21
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIK — DAVR TALABI!
янв.21
Maktabdagi muammo hal etildi: Deputat amaliy yordami samarasi
янв.21
Ijtimoiy adolat va xalq roziligi — ustuvor yo‘nalish!
янв.21
Ko‘p qavatli turar-joy qurilishi jarayoni monitoring qilindi
янв.21
Termiz shahrida zamonaviy shaharsozlik: investitsiya loyihalari amalda!
янв.21
Mahallada o‘tkazilgan ochiq muloqotda ko‘tarilgan muammolar joyida borib o‘rganildi
янв.21
Mahalla tizimi va aholi murojaatlari deputat diqqat markazida
янв.21
Mahalla faoliyati deputat nazoratida: “Yulduz” mahallasida "24 ta eng muhim yo‘nalish" asosida tahlil ishlari olib borildi
янв.21
MAHALLALARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMI YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA!
2026−2030-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining yangilangan loyihasi muhokamasi

Mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab beruvchi muhim dasturiy hujjat – 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining yangilangan loyihasi, unda ijtimoiy sohalar bo‘yicha belgilangan vazifalar Mirobod tumanida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi. 

Jamoatchilik va faollar ishtirokida bo‘lib o‘tgan muhokamada ta’kidlanganidek, 350 dan ortiq davlat organlari va ilmiy markazlar takliflari asosida takomillashtirilgan ushbu loyiha avvalgi strategiyalardan o‘zining aniq natijadorligi va raqamlashtirilgan mezonlari bilan tubdan farq qiladi.

Xususan, hujjatdan 130 ta umumiy shior va vazifalar chiqarib tashlandi. Endilikda har bir maqsad “inson qadri uchun” tamoyili asosida yillar kesimida taqsimlangan bo‘lib, 60 ga yaqin vazirlik va idoralar faoliyati alohida samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholanishi belgilandi.

Yig‘ilishda Strategiyaning “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishida belgilangan vazifalar, jumladan maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, professional ta’limni rivojlantirish va oliy ta’lim bilan qamrovni oshirish, pedagog kadrlar maqomini oshirish masalalari; 

iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan tarmoqlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish va “korxona – oliy ta’lim muassasasi – ilmiy tashkilot” hamkorlik tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari sog‘liqni saqlash sohasida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratdilar. Jumladan, 2030-yilga kelib umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, yurak qon-tomir kasalliklaridan erta o‘limni (30-69 yosh) 27 foizgacha kamaytirish, saraton kasalligidan erta (30-69 yosh) o‘limni 5,2 foizgacha kamaytirish maqsad qilinmoqda.

Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish maqsadida yurak qon-tomir, xavfli o‘sma, qandli diabet, sil kasalliklari tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 50 foizini profilaktik ko‘riklarda aniqlashni yo‘lga qo‘yish, davolash muassasalariga poliklinika elektron yo‘llanmasi orqali borgan bemorlar ulushini 70 foizga yetkazish nazarda tutilmoqda.

Strategiya ijrosini ta’minlashda deputatlar hamda jamoatchilik nazorati zarurligi qayd etildi. Amalga oshirilishi belgilangan ijtimoiy islohotlar aholiga sifatli ta’lim va tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishdan iborat ekani ta’kidlandi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishga, ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga xizmat qilishi e’tirof etildi.

Yig‘ilishda Mirobod tuman hokimligi rahbarlari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati G.A.Agzamova, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati T.B.Matiboyev, tuman Kengashi deputatlari, korxona va tashkilot Rahbarlari, mas’ullar, faollar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 3