Tuman deputatining mahalla yettiligi bilan uchrashuvi:
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A. Avliyakulov o‘zi saylangan hudud — M. Eshtemirov mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda hududda o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, aholining kundalik turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda erishilgan natijalar bilan bir qatorda, yil oxirigacha bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.
Muhokama jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
mahalla hududida bandlikni ta’minlash va yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish,
ichimlik suvi va elektr ta’minotini barqarorlashtirish,
yo‘l va ko‘cha ta’miri, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish,
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash.
Deputat A. Avliyakulov ta’kidlaganidek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarning barchasi fuqarolar turmush darajasini oshirish, mahalla hayotini yanada obod va farovon qilishga xizmat qiladi.