Yurtimiz bo‘ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq”
shiori ostida tadbirlar davom etmoqda. Bugun davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 34-yilligi Jondor
tumanida ham o‘zgacha shukuhda o‘tkazildi. So‘zga chiqqan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi J.Xudoyev tadbir ishtirokchilarini qutlab, O‘zbekiston bayrog‘ining ramziy ma’nosi va davlatimiz mustaqilligining yorqin
timsoli ekani, bayroq — xalqimizning g‘ururi va iftixori, milliy o‘zligimizning
yorqin belgisi bo‘lib, uni ulug‘lash har birimizning sharafli burchimiz ekanligini taʼkidladilar.
Tadbir jarayonida harbiy orkestrning vatanni madh
etuvchi chiqishlari tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi. Yurish
marafoni
tuman hokimligi binosidan boshlab "Favvoralar xiyoboni" gacha bo‘lgan masofada deputatlar,
ziyolilar, keng jamoatchilik, aholi, yoshlar jamoasi hamda barcha tadbir
ishtirokchilari hamrohligida yuksak g‘urur bilan o‘tkazildi.