Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati G.Xudoyberganova tumandagi 2-son Oilaviy poliklinikada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini, xususan, isitish tizimining holatini o‘rgandi.
🔹 Tashrif davomida deputat tibbiyot muassasasida bemorlarga qulay sharoit yaratish, isitish tizimining samarali ishlashini ta’minlash hamda xodimlar uchun xavfsiz mehnat muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🔹 Poliklinika rahbariyati tomonidan isitish tizimi to‘liq nazoratga olingani, mavjud jihozlar ta’mirdan chiqarilib, zarur joylarda yangilanish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
💬 Deputat G.Xudoyberganova ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, aholi salomatligini saqlashda tibbiyot muassasalarining tayyorgarlik darajasi muhim omil ekanligini ta’kidladi.
📋O‘rganish natijalari asosida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berildi.