Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda deputatlar faoliyatini 2025 yil 12-14 noyabr kunlarida OAV da keng yoritish bo‘yicha MEDIA-REJA ijrosini ta’minlash maqsadida bugun xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari D.Normuradova va A.Mustafakulovlar Termiz shahridagi “Turon” mahallasidagi yoshlar yetakchisi S.Xayitovning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Yoshlar yetakchisi S.Xayitov tomonidan 2025-yil 9 oy davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘rgatish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tizimli ishlar amalga oshirib kelayotganligi aniqlandi.
Jumladan “Turon” mahallasi yoshlar jami 971 ta yoshro‘yxatga olingan shundan “Yashil” toifadagi yoshlar 626 ta, “Sariq” toifadagi yoshlar 342 tani, “Qizil” toifadagi 5 tani tashkil etadi.
Bugungi kun holatiga “Yoshlar daftari” elektron platformasiga band bo‘lmagan va muammosi bor 4-nafar yoshlar kiritilib, olib borilgan ishlar natijasida shundan 4-nafariga yordam turlari ko‘rsatildi va 4-nafari bandligi ta’minlash, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish orqali elektron platformadan chiqarildi.
O‘rganish davomida deputatlar tomonidan yoshlarning tashabbuslari juda muhim ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar va qulay sharoitlardan samarali foydalanish zarurligi haqida tavsiyalar berildi.
O‘rganishlar yakunida deputatlar har bir yoshning muammo va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida individual chora-tadbirlar belgilab olish takidlandi.