Amudaryo tumanida “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida atrof-muhitni yanada ko‘rkam va ozoda qilish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘chat ekish tadbirlari izchil davom etmoqda.
Choyko‘l ovulida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda tuman hokimi Sobir Xo‘jametov boshchiligida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari, nuroniylar, mahalla faollari hamda aholi vakillari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar bir yoqadan bosh chiqarib, ajratilgan hududda manzarali va mevali daraxt nihollarini yerga qadab, yashil bog‘ yaratish ishlariga o‘z hissasini qo‘shdi.
🌱 “Yashil makon” loyihasi nafaqat atrof-muhitni yanada go‘zal qilish, balki tabiatga mehr, mehnatsevarlik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.