Uchrashuv davomida senator mahalla aholisi tomonidan bildirilgan muammolarni tinglab, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Dilbar Suvonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-sonli qarori — “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolarga tushunchalar berdi.
Mazkur qarorga asosan Xo‘jabulg‘on mahallasi “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunali mahalla sifatida yangicha infratuzilma va imkoniyatlar bilan rivojlantirilishi rejalashtirilganini qayd etdi.