Aholi murojaati ko‘rib chiqildi
🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga asosan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari B.Kamalov, J.Sadirov, F.Axmedov, O.Babayevlar tuman hokimi o‘rinbosari A.Rixsitillayev bilan birgalikda “Barraj” mahallasi Furqat ko‘chasi 1-ko‘p qavatli uy-joyda istiqomat qiluvchi aholi murojaati yuzasidan joyiga chiqqan holda muloqot o‘tkazildi.
🔹Uchrashuv davomida kuchli shamoldan talafot ko‘rgan ko‘p qavatli uy-joyning tom qismini ta’mirlash ishlari uchun xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining o‘rganishlari (https://t.me/bust_kengash/6192) natijasida Kengash qarori (https://kengash.gov.uz/doc/192809) asosida tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratilganligi haqida tushuntirish berildi.
🔹Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan ta’mirlash ishlari tez kunlarda amalga oshirilishini ma’lum qilinib, ushbu ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi oilalarni Boshqaruv servis kompaniyasiga a’zo bo‘lishlari so‘raldi.