Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan tashkil etilgan “mahalla yettiligi” faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
🔹Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati M.Aynashova tomonidan “Pargos” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi B.Omonov faoliyati samaradorligi o‘rganildi.
🔹Oʻrganish doirasida aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad manbalarini kengaytirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
🔹Mahallalarda tashkil etilgan xonadonlar kesimida ishlash tizimi, aholi bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va mikrokreditlar ajratish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari ko‘zdan kechirildi.