Qabul davomida fuqarolar
tomonidan ish bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar, ijtimoiy yordam va yashash sharoitlarini yaxshilash masalalarida murojaatlar
bildirildi. Deputatlar har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, joyida tegishli
mutasaddilar ishtirokida muhokama qildilar. Qabul davomida aniqlangan muammolar
joyiga chiqib o‘rganildi.
Sayyor
qabulda ishtirok etgan fuqarolardan biri — Sayfullayeva
Umida ish bilan ta’minlash bo‘yicha murojaat qildi. Deputat Arslon Toshpulatov murojaatni ijobiy hal
etib, o‘zi rahbarlik qilayotgan “BRADJUS”
MCHJ korxonasiga doimiy ishga
qabul qilinishini ta’minladi.
Mazkur
qabul davomida yana bir qator murojaatlar bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganish
ishlari tashkil etildi hamda muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga
topshiriqlar berildi.
Deputatlar ta’kidlashicha, bunday sayyor qabullar aholining dardini
eshitish, muammolarni manzilli hal etish va fuqarolarning davlat idoralariga
bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.