MUNOSABAT
“O‘zbekiston – Amerika: strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlari”
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi munosabatlar yangi, strategik bosqichga ko‘tarilayotgani mamlakatimiz tashqi siyosatining izchilligi va ochiqlikka asoslangan yo‘nalishini yaqqol namoyon etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar va “inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan davlat siyosati xalqaro hamjamiyat, jumladan AQSh tomonidan ham yuqori baholanmoqda.
O‘zbekiston va Amerika o‘rtasidagi strategik muloqot nafaqat siyosiy va iqtisodiy sohalarda, balki ta’lim, ekologiya, innovatsiya, inson huquqlari va xavfsizlik sohalarida
ham samarali natijalar bermoqda. Xususan, C5+1 formati doirasidagi hamkorlik mintaqaviy barqarorlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Parlamentlararo hamkorlik va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi muloqot ham ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu yo‘nalishdagi amaliy qadamlar xalqlarimizning o‘zaro anglashuvini chuqurlashtirib, barqaror va uzoq muddatli sheriklikni ta’minlaydi.
Shu ma’noda, O‘zbekiston – Amerika munosabatlarining yangi bosqichi mamlakatimiz taraqqiyoti, mintaqaviy tinchlik va jahon miqyosida barqaror rivojlanish yo‘lidagi muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri: O.Tursunov