Mazkur nazorat tahlil tadbirda 2-umumta’lim maktabi, 8-12-15-maktabgacha ta’lim tashkilotlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasidagi amaliy ishlar o‘rganildi va joyida tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mas’ullar bilan hamkorlikda mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shu bilan birga, mahalla aholisi farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va ijtimoiy faollikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Mahalla yettiligi va deputat o‘rtasidagi bunday samarali hamkorlik fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, hududda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda mahalla hayotida faollikni oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.