14-Nurafshon saylov okrugidan Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan deputat Jo'rayeva Saodatxon hamda O‘zbekiston XDP Marg‘ilon shahar tashkiloti raisi Muhammadjon Mirzayev hamkorligida "Nurafshon" va "Nadirmat" mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla aholisi hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida deputat aholiga Respublikamizda boshlangan aholi ro‘yxatga olish jarayoni, mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, shuningdek, oilalarda ajrimlarni kamaytirish va aholi birligini mustahkamlash borasida kerakli tushuncha va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.