Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Jumaniyazova, tuman ichki ishlar bo‘limi vakillari hamda mahalla yoshlarining ishtiroki bilan erta turmush va uning salbiy oqibatlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.
Tadbir davomida yoshlarga hayotda to‘g‘ri tanlov qilish, ta’lim olish va kasb egallashning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi.