Ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilmoqda
🏛Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari M. Nurmanova va N. Parmanova Ernazarqo‘rg‘on mahallasida joylashgan 73-maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
✅O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan maktab binosining isitish tizimi va kuz-qish mavsumida o‘quv jarayonining uzluksiz davom etishini ta’minlash maqsadida zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotgani bilan tanishildi.