Mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Axmedov, O‘zLiDep tuman Kengashi apparat raxbari D.Mamatqulova, Ma’naviyat va ma’rifat Markazi tuman bo‘linmasi bosh mutahassisi D.Gʻoyibnazarovalar Gulobod MFYda mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishda. Unda mahalla infrotuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayollar daftarining yuritilshi, keksa va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish kabi masalalarda suhbat qurildi. Tadbirda mahalla yettilig tomonidan amalga oshirilgan ishlar taxlil qilindi. Nuroniylar va mahalla faollari tomonidan bildirilgan taklif va muloxazalar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.