Andijon shahar Kengashi Deputatlari o'z saylov okruglaridagi ijtimoiy soha obyektlarini Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini faol o'rganib, doimiy ravishda nazorat qilib kelishmoqda. Jumladan deputat Appakov Avazbek tomonidan "Xursandlik" MFYdagi 23-maktab ham tadbir nazoratidan chetda qolmadi. Deputatlar Maktab binosining isitish tizimlari, yonilg'i zaxirasi va sinfxonalarni lozim darajada isitilganligini ko'zdan kechirdilar.