Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Xamdamova tomonidan “Zilol” MFY hududdagi 29-sonli umumtaʼlim maktabining 2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida, binoda jami 8 ta isitish moslamasi borligi. Shundan 4 tasi yangi zamonaviyiga almashtirilganligi va umumtaʼlim maktabi kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyorligi aniqlandi. Shuningdek, binoning fasad va pol qismlarini taʼmirlash, eshiklarni almashtirish bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.