2026-yil 16-mart kuni Kengashlar uyibinosining 12-qavatidagi Majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, Xotin-Qizlar, Madaniyat va Sport masalalari Qo‘mitasi hamda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan qo‘shma tarzda yig‘ilish tashkil etildi.
⚡️Mazkur yig‘ilishda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, ishchi guruh rahbari Kozixonova Orzigul Muydinovna, mazkur qo‘mitada doimiy asosda ishlovchi senator Kadirxanova Malika Akbarovna, viloyat Kengashi deputatlari, shuningdek Samarqand viloyati Yoshlar parlamenti a’zolari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
⚡️Oliy Majlis Senatining 2026-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan mart oyida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Samarqand viloyatida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish hamda ularning bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganish muhokama qilindi.
💠Shuningdek, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining 2026-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Samarqand viloyati hududiy komissiyasi faoliyatini o‘rganish nazarda tutilgan.
✅@sam_vil_deputatlari