Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Toyloq tumanida suv resurslaridan foydalanish holati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B. Ahadov tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanda 16 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan yer maydonlari mavjud bo‘lib, ular asosan Zarafshon daryosi hamda Darg‘om, Shavdor va Yangi Urgut magistral kanallari orqali suv bilan ta’minlanmoqda. Hisobot davrida sug‘orish tarmoqlarini tozalash va gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Sessiyada ayrim hududlarda sug‘orish tarmoqlari holati, noqonuniy qurilishlar va chiqindilar tashlanishi kabi muammolar ham qayd etildi.

Slide 1 of 2