Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasida tuman mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i A. Sharipovning xulosasi hamda tegishli komissiya bayonnomasi asosida tuman budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ilovaga muvofiq tadbirlarni amalga oshirish uchun 184,4 million so‘m mablag‘ ajratish belgilandi.
Sessiyada ajratilgan mablag‘lardan qonun hujjatlariga muvofiq maqsadli va samarali foydalanish hamda qaror ijrosini nazorat qilish tegishli mas’ullarga yuklatildi.