Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
1-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputat Rajabov Qaxramon Xamzayevich saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Targ‘ibot
янв.21
Prezident Murojaatnomasi aholi o'rtasida keng targ'ib qilinmoqda
янв.21
Deputatlar ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha davra suhbati
янв.21
Tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining o'rinbosari Rafiq Qahhorov:
янв.21
Mahallaning ishbilarmon ayollari — barqaror daromad manbai
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.
янв.21
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Djamol Djurayev:
янв.21
Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Atamurodov: Toyloq tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi bo‘lib o‘z ishini boshladi.
1-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputat Rajabov Qaxramon Xamzayevich saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

1-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputat Q.Rajabov tomonidan mahallada saylovchilar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning taklif va tashabbuslarini eshitishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida mahalla hududidagi infratuzilma holati, yo‘l va ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, obodonlashtirish ishlari, bandlik masalalari, yoshlar va xotin-qizlar bilan bog‘liq muammolar hamda ijtimoiy sohadagi boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan alohida qayd etildi.

Uchrashuv davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, mahallada ijtimoiy faollikni kuchaytirish va jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tuman Kengashi deputati Q. Rajabov

Slide 1 of 3