Sessiyaga Xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi raisi Suxrobbek Quryozov raislik qildi.
Sessiya kun tartibida 11 ta masala ko'rib chiqildi va tuman hokimi M.Abdullaevning “Hazorasp tumani hududida 2025 yilning 12 oyi davomida olib borilgan ishlar yuzasidan hisoboti” hamda IIB boshlig'i J.Madaminovning “Hazorasp tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida 2025 yil 4 chorak yakuni bo'yicha” hisobotlari tinglandi.
Ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar fikri tinglanib, qarorlar qabul qilindi.