Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Targ‘ibot
янв.21
Prezident Murojaatnomasi aholi o'rtasida keng targ'ib qilinmoqda
янв.21
Deputatlar ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha davra suhbati
янв.21
Tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining o'rinbosari Rafiq Qahhorov:
янв.21
Mahallaning ishbilarmon ayollari — barqaror daromad manbai
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.
янв.21
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Djamol Djurayev:
янв.21
Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Atamurodov: Toyloq tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi bo‘lib o‘z ishini boshladi.
янв.21
“Bugunning tadbirkor ayoli” — mahalladan boshlangan muvaffaqiyat
Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Atamurodov: Toyloq tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, bo‘lim tomonidan 27 marotaba o‘rganish va 79 marotaba monitoringlar o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra, tumanda 5436 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlandi.  

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (2025 yil 1-yarim yilligi davomida 3846 ta holatda qonunbuzilish aniqlangan) kamaygan.

Mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda ularga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik borasida tuman adliya bo‘limi tomonidan jami 82 ta ta’sir choralari qo‘llanildi, qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi to‘g‘risida 23 nafar mansabdor shaxlar rasman ogohlantirildi.

Ushbu ta’sir choralar va amalga oshirilgan ishlar natijasida 685 nafar fuqarolarning real huquqlari ta’minlandi. Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 24 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy va 7 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qo‘llanilgan ta’sir choralar natijasida jami 1 mlrd 180 mln so‘mlik to‘lovlar to‘lab berilishi ta’minlandi.