Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati A.Mirzoyev, tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Loxanovlar "Qo'shchinor" mahallasida bo'lib, "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri to'y-hashamlardagi ortiqcha dabdababozliklarni qisqartirish yuzasidan aholi orasida keng targ'ibot ishlarini olib borish muhim masala ekanligi belgilandi.
Mahallada aholi muammolarini o'rganish yuzasidan murojaatlar joyiga chiqqan holda o'rganilib, o'rganish jarayonida murojaat yuzasidan fuqaroga mahalladagi ijtimoiy xizmat xodimi tomonidan ijtimoiy yordam ko'rsatilishi belgilandi.