Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova 13- Xo‘jaqishloq saylov okurugidagi Yastepa mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi.
2-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot berdi. Shuningdek, mahallada mavjud muammolar bo‘yicha suhbatlashdi.
Saylovchilar tomonidan berilgan savollarga deputat tomonidan javob berildi. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.
Yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati yordamchisi Azim Haqqulov ishtirok etib amalga oshirilayotgan ishlar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.