MAHALLA OBODLIGI XONADONDAN BOSHLANADI.
Tuman hokimi o‘rinbosari, хalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z. Rashidova, xalq deuputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati M.Karimova hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlari amalga oshirilayotgan So‘fiyon mahallasida xonadonma-xonadon yurib, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, xonadon madaniyatini yuksaltirish, xonadonlarni obod hamda ko‘rkam qilish, qurilish me'yorlari va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati.