Uchrashuvda deputat M.Haydarov faoliyati davomida qilingan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Muloqotlar davomida aksariyat murojaatlar bartaraf etilgan bo‘lsa, yechimi uzoq vaqt talab etadiganlari deputatlik nazoratiga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladigan bo‘ldi.
Fuqaro Xolmonov Mansur o‘z murojaatida qishloq ichki yo‘llarini shagʻallashtirishga yordam berishlarini suradi.
Fuqaro Usmonov Xolmo‘min qishloqqa suyultirilgan gaz ballon tuman gaz tashkiloti tomonidan vaqtida yetkazib berilmayotganligi, shu masala bo‘yicha amaliy yordam berishlarini suradi.
Fuqaro Ro‘ziyev Umar mahallasida elektr tokini kuchlanishi juda pastligi sababli va transformatorda aholi soni oshib ketganligi sababli ularni guzariga alohida transformator qilib berishlarini iltimos qilib suradi.
Deputat M.Haydarov barcha tushgan murojaatlarni o‘rganib tegishli tashkilotlarga yetkazilishini va ijobiy yechim topilishini aytib o‘tdi.