Deputatlar nazorat-tahlil tadbirlarida
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati tomonidan Uzun tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumta'lim maktablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.
Deputat Shuxrat Raxmonov tomonidan o‘rganish davomida asosan issiqlik tizimi holati, ta’lim sifati, o'qituvchilarning darsga tayyorgarligi, maktabda yuqori sinf o‘quvchilarining davomati kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat tomonidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi