Tadbirda O‘zXDP Taxiatosh tuman Kengashi raisi, Xalq deputalari
Taxiatosh tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi rahbari 1-Nayman saylov okrugi deputati D.Artikov ishtirok
etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va
O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarning
mazmuni va ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sohasini rivojlantirish, aholi
farovonligini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada ijtimoiy faollikni
kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar haqida so‘z yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomada belgilangan vazifalarni
hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etish muhimligini ta’kidladilar.