Yangiliklar

#MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3–4-noyabr kunlari Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Ushbu sammitda ilgari suriladigan tashabbuslar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga mos keladi.

Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va strategik sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Artikov Davron

Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi deputati