Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Finlyandiya Prezidentlarining muzokaralari ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam zamin yaratdi. Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, innovatsiyalar, “yashil” texnologiyalar va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Ushbu muzokaralar Finlyandiya bilan munosabatlarda yangi istiqbollarni ochib beradi hamda O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikdagi faol pozitsiyasini yanada kuchaytiradi.
Taganberdiyev Galpak
Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi deputati