35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "6-Zafarobod" saylov okrugi deputati M.Ergashev, viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan "Oydinbuloq" mahalla fuqarolar yig‘inining "Yangihayot 1" ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘cha infratuzilmasi ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan muloqot qilindi. Muloqot jarayonida fuqaro A.Raxmonov tomonidan "Yangihayot 1" ko‘chasining 1,5 kilometr qismini asfaltlashtirish zarurligi bo‘yicha murojaat bildirildi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi. Ushbu masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 4