Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich o‘zi saylangan “Sarayko‘l” OFY 6-Sarayko‘l saylov okrugi hududida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda avval yuborilgan deputatlik so‘rovi ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
📝 Eslatib o‘tamiz, deputat tomonidan 2026-yil 20-may kuni 48-ds-365-26-sonli deputatlik so‘rovi orqali Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududda yashovchi 5 ta xonadonni yangi elektr tarmog‘iga ulash masalasi ko‘tarilgan edi.
⚡️ O‘rganishlar davomida Islom taraqqiyot banki hamda OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hududda 15 kilometr elektr uzatish liniyasi rekonstruksiya qilinayotgani, biroq mazkur 5 ta xonadonga yangi elektr tarmog‘i yetib bormagani aniqlangan edi.
🤝 Bildirilgan muammo yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, deputatlik so‘rovi amaliy natija berdi. Bugungi kunda ushbu xonadonlarni yangi elektr tarmog‘iga ulash masalasi ijobiy hal etildi.
📍 Joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishda amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi va fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat o‘z yechimini topgani qayd etildi.
✅ Deputatlik nazorati va tizimli hamkorlik — aholini qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topishning muhim omilidir.