Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan “Keneges” OFY 5-Xamza saylov okrugi hududida bugun ham “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasidagi targ‘ibot va tushuntirish ishlarini davom ettirdi.
🤝 Deputat mahalla aholisi bilan uchrashib, yashash hududlarini ozoda saqlash, xonadonlar atrofi va ko‘chalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda mahallada o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan suhbatlar o‘tkazdi.
🌿 Targ‘ibot davomida har bir fuqaroning obod mahalla barpo etishdagi shaxsiy mas’uliyati va tashabbuskorligi alohida ta’kidlandi.
📍 Deputat tomonidan bunday uchrashuv va tushuntirish ishlarini har kuni tizimli ravishda olib borish, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlarini muntazam nazorat qilib borish maqsad qilib belgilandi.