35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat o‘tkazildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani Kengashi raisi T.Kungratbaev bilan birgalikda “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–877, 2023-yil 9-noyabr) ijrosi yuzasidan joyiga chiqqan holda nazorat o‘tkazdi.

🌳 O‘rganish davomida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yo‘l bo‘ylaridagi daraxt va manzarali o‘simliklarning parvarishlanishi hamda ularni sug‘orish tizimlarining amaldagi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

💬 Mutasaddilar bilan olib borilgan muloqot davomida mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, yashil hududlarni asrash, sug‘orish tizimlari samaradorligini oshirish va o‘simliklarni muntazam parvarish qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3